NUROTADA YANGI OROMGOH ISH BOSHLADI

NUROTADA YANGI OROMGOH ISH BOSHLADI

Nurota tumanida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida "Nurli diyor" kunduzgi dam olish oromgohi 4-umumta’lim maktabi negizida o‘z faoliyatini boshladi. Oromgohda bir mavsumda 50 nafardan ijtimoiy himoyaga muhtoj "temir daftar” va "ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandlari dam olishi tashkil etilgan. Navoiy viloyati va Nurota tuman hokimligi tashabbusi asosida tashkil etilgan kunduzgi dam olish oromgohining bolajonlarga topshirilishida Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbari Quvondiq Sanaqulovning hissasi katta bo‘ldi. O‘z o‘rnida oromgohda dam oluvchi bolajonlarning badiiy chiqishlari tantanali ochilish marosimi ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Marosimda tuman hokimi U. Xalilov ishtirok etib, bolajonlarni qutladi.

O'xshash yangiliklar