YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!

Navoiyda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida yoshlar harakati doirasida turli xil konkurs va sport musobaqalari juda keng miqyosda va qizg‘in bo‘lib o‘tyapti. Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sport majmuasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha viloyat prokurori kubogi uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchi va tomoshabinlar o‘quvchilarning mazkur sport turini mukammal egallaganining guvohi bo‘lishdi. 
 Keskin kurashlar ostida o‘tgan sport musobaqasi finalida qizlar o‘rtasida birinchilikni Xatirchi tumani sportchisi E’zoza Sadriddinova, o‘g‘il bolalar bahsida esa 1-o‘rinni Navoiy shahridan Samandar Abdurasulov ishg‘ol qildi.

O'xshash yangiliklar