SHODIYONA

SHODIYONA

  Navoiy viloyatida davom etayotgan Yoshlar harakati haqiqiy shodiyonaga aylandi. Kechayu-kunduz minglab yurtdoshlar joylarda bo‘lib o‘tayotgan qiziqarli tadbirlar, shou, fleshmob, sport musobaqalari, konsert dasturlarini maroq bilan kuzatib, tomosha qilishyapti. "Farhod” madaniyat saroyi yonidagi o‘tovlar oldida Tomdi,   Konimex, Uchquduq tumanlaridan tashrif buyurgan madaniyat xodimlari ishtirokidagi milliy ashula va raqslar ko‘pchilikka manzur bo‘lyapti.
Tinch va osuda yurtga bayramlar yarashadi. Ko‘cha bo‘ylab daryodek oqib borayotgan xalqni kuzatar ekansan, bugungi kunga shukronalar keltirasan. Shodiyonalar davom etadi.

O'xshash yangiliklar