TIL-MILLAT KO'ZGUSI

TIL-MILLAT KO'ZGUSI

  O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinganligining o'ttiz yilligi hamda ona tili va adabiyot fani oyligi munosabati bilan chora-tadbirlar rejasi asosida haftalik tadbirlar davom etmoqda. 2019 yilning 18 oktyabr kuni Karmana tumanidagi 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ona tilim, mangu barhayot” mavzusida tadbir va ona tili va adabiyot o'qituvchilari tomonidan ochiq darslar tashkil etildi. 
 Shuningdek tumandagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim” mavzusida 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ona tilim-yuragimning to'ridagi so'nmas gulim” mavzusida, 20-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Til-ma'naviyat xazinasi” mavzusida, 22-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Boqiysan, iftixorimsan-ona tilim” mavzusida, 27-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Til-millat ko'zgusi” mavzularida tadbirlar, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari tomonidan ochiq darslar yuqori saviyada, sifatli tashkil etilib, o'quvchilarning ona tilimizga bo'lgan hurmati yanada oshirildi, bilimlari kengaytirildi. 

O'xshash yangiliklar