NAVOIYLIK INTELLEKTLAR MARRADA

NAVOIYLIK INTELLEKTLAR MARRADA

  Toshkent shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi va  IT Park tomonidan  14 ta axborot texnologiyalari o‘qitishga ixtisoslashgan umumta’lim maktablari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.
  Respublika bosqichida Navoiy shahridagi 8-informatika va axborot texnologiyalari o‘qitishga ixtisoslashgan maktabning o‘quvchilari qatnashib, faxrli o‘rinlarga munosib deb topildi.
  Jumladan, 9-11-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan intellekt bellashuvida Shohjahon Bahromov IT beshkurashida 1-o‘rinni, Asilbek Bahromov IT beshkurashida 6-8-sinflar o‘rtasida 2-o‘rinni, Samir Erkinov sport dasturlash bo‘yicha 6-8-sinflar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar