MAKTABLAR KOMPYUTERLAR BILAN TA'MINLANADI

MAKTABLAR KOMPYUTERLAR BILAN TA'MINLANADI

  Bugun Xalq ta’limi vazirligi va Janubiy Koreyaning KT Corporation o‘rtasida 2021 yilda umumta’lim maktablariga 951 ta o‘quv kompyuter jamlanmasini yetkazish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi va Koreyaning Eksport-import banki tomonidan amalga oshirilayotgan «Maktab ta’limida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish» loyihasi doirasida 2019-2020 yillarda jami 2859 ta o‘quv kompyuter jamlanmasi (43 ming dona kompyuter) o‘rnatildi.
   Loyiha doirasida o‘tkazilgan tender savdolari yakunlariga ko‘ra vazirlik tomonidan 8,23 mln. AQSH dollar miqdorida mablag‘ iqtisod qilingan.

O'xshash yangiliklar