NAVOIYLIK INFORMATIKLAR YANA PESHQADAM

NAVOIYLIK INFORMATIKLAR YANA PESHQADAM

 "Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha eng yaxshi, faol 100 nafar o‘qituvchilarni  saralash muvaffaqiyatli o‘tdi va natijalar aniqlandi. Top-100 talik ro‘yxatida Navoiy viloyati o‘qituvchilaridan 22 nafari yuqori natijani qo‘lga kiritib, respublika miqyosida birinchilikda turibdi. 
  "One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida har yili uzbekcoders.uz platformasi orqali kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablari "Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari uchun tanlov e’lon qilinadi. Top-100 talik ro‘yxatiga kirgan har bir o‘qituvchiga        4 900 000 so‘m pul mukofoti beriladi.
An’anaga ko‘ra navoiylik o‘qituvchilar bu safar ham birinchilikni qo‘lga kiritishdi. Ro‘yxatga ko‘ra viloyat bo‘yicha Zarafshon shahridan 7 nafar, Navoiy shahridan 6, Uchquduq tumanidan 4, Navbahor tumanidan 3, Qiziltepa va Karmana tumanlaridan 1 nafardan g‘oliblar shohsupaga ko‘tarilishgan.
Mahoratli o‘qituvchilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz.

O'xshash yangiliklar