TIL BOR EKAN, MILLAT BARHAYOT!

TIL BOR EKAN, MILLAT BARHAYOT!

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida” gi Qonuni qabul qilinganligining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g’risida” gi 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4479-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tantanali tadbirlar Navoiy viloyatida ham davom etmoqda.
      Dastlab, tadbir erta tongdan keng jamoatchilik, yoshlar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo’yish bilan boshlandi.
     Shundan so’ng, "Farhod” madaniyat saroyida bayramga bag’ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda viloyat hokimi K.Tursunov so’zga chiqib, nufuzli anjumanda ishtirok etayotgan Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston mamlakatlaridan hamda respublikamizning turli hududlaridan kelgan taniqli olimlar, murabbiylar, tadqiqotchilarga o’z tashakkurini bildirdi. Tantanalar dasturi doirasida qutlug’ sana munosabati bilan amalga oshirilgan tanlov va ko’riklarning g’oliblari hamda Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, o’quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat tilining hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini oshirishda ko’rsatgan xizmatlari uchun bir guruh professor-o’qituvchi va pedagog xodimlar viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar. So’ng badiiy konsert dasturi namoyish etildi.      
        Bundan tashqari, "Globallashuv sharoitida o’zbek tili va o’zga tillar munosabati: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o’z ishini boshladi.
      Targ’ibot tadbirlari davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar