O'ZBEK TILIM-IFTIXORIM!

O'ZBEK TILIM-IFTIXORIM!

       O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida” gi Qonuni qabul qilinganligining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g’risida” gi 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4479-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan chora- tadbirlar asosida umumta’lim maktablarida qutlug’ sana munosabati bilan amalga oshirilgan tanlov va ko’riklarning g’oliblari bo’lgan 35 nafar o’quvchilarga Navoiy shahar hokimining faxriy yorliqlari va kitoblar sovg’a qilindi. 
      Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilganligi uchun 15 ta umumta’lim maktablarga kompyuterlar jamlanmasi, 4 ta umumta’lim maktabiga esa muzlatgichlar berildi. Tadbirda Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i N.Ulug’berdiyev, Navoiy shahar hokimi o’rinbosarlari                      O’.Murodullayev, Sh.Hamidova Navoiy shahar xalq ta’limi bo’limi mudiri R.Hayitova, Navoiy shahar ma’naviyat-ma’rifat bo’limi rahbari S.Mavlonovlar ishtirok etishdi.  Ko’rsatilgan e’tibor uchun Navoiy shahar hokimi M.Bazarovga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

O'xshash yangiliklar