KITOBXONLIK TANLOVI

KITOBXONLIK TANLOVI

O'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish orqali ularning ma'naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog'lom immunitetni rivojlantirish, ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda axborot olish madaniyatini shakllantirish maqsadida 3 bosqichdan iborat "Yoz mavsumining eng yaxshi kitobsevar bilimdoni” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi nizom asosida 1-umumta’lim maktabning faollar zalida o'tkazildi. Ko'rik-tanlovda 1-,2-,3-,7-,9-,12-,16-,19-,28-,29-,40-umumta'lim maktablarining     6-7-sinf o'quvchilaridan bir nafardan o'quvchilar ishtirok etishdi.  
    Ko'rik-tanlov ishtirokchilari Hakamlar hay'ati tomonidan 100 ballik tizimda baholandi. Ko'rik-tanlov Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 27 maydagi 102-sonli buyrug'i asosida tuzilgan Nizom asosida quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi. 
 1-shart: "O'qigan va uqqanlarim”;

 2-shart: "Sizdan savol”;

 3-shart: "Kim o'zar”. 

Ko'rik-tanlov natijalariga ko'ra 1-o'rinni 16-umumta'lim maktabining 7-sinf o'quvchisi Elbek Quvvatov, 2-o'rinni 1-umumta’lim maktab o‘quvchisi Jasmina Begaliyeva, 3-o‘rinni 19-umumta'lim maktab o‘quvchisi Nafisa Murodasilova egalladi. "Yoz mavsumining eng yaxshi kitobsevar bilimdoni” ko'rik-tanlovida faol ishtirok etib g'oliblikni qo‘lga kiritgan 16-umumta'lim maktabining 7-sinf o'quvchisi E.Quvvatov viloyat bosqichiga yo'llanma oldi. Ko'rik-tanlovga 56 nafar kitobxon ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar