USTOZLAR TAQDIRLANDI

USTOZLAR TAQDIRLANDI

USTOZLAR TAQDIRLANDI

 Xalq ta’limi vazirligi o‘tgan yilda ilk bor "Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovini o‘zgacha shaklda o‘tkazdi. Tanlovda tizimli islohot qilish uchun xalqaro tajriba asosida tanlovni 2020 yildan boshlab vazirlik xodimlari emas, aynan o‘qituvchilar o‘tkazadigan bo‘ldi.
Tanlovning asosiy tashkilotchisi sifatida O‘zbekiston tarixida ilk bor "O‘qituvchilar uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti ishtirok etdi. Tanlovda   6 ta nominasiya bo‘yicha g‘oliblarning har biriga 30 mln so‘m mukofot puli berildi hamda g‘oliblar har yili Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan Global Teacher Prize 2021 taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bularning barchasi o‘zbek o‘qituvchilarining o‘zlarini jahon o‘qituvchilar hamjamiyatining bir qismi deb his qilishlari maqsadida amalga oshirilgan. Ko‘p yillar davomida musobaqa tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini o‘z ichiga olgan tarzda bo‘lib o‘tdi. Bu safar barcha o‘qituvchilar bir vaqtning o‘zida www.ustozmukofoti.uz veb-saytiga ariza yuborishlari mumkinligi ta’minlandi va tanlov ma’lum bir geografik hududga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Navoiy viloyatidan "USTOZ - 2020” milliy tanlovining 1- va 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir guruh o‘qituvchilarni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov taqdirlab, ularga "TASHAKKURNOMA”larni topshirdi. Keyingi safar albatta g‘olib bo‘lishlariga ishonch bildirib, faoliyatlarida omad tiladi.

O'xshash yangiliklar