BILIMDONLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

BILIMDONLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Dunyoda tan olingan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar o‘quvchi va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi:   

 1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 450 baravar (110,25 mln. so‘m);
 
 2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 250 baravar (61,25 mln. so‘m);   

 3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar (49 mln. so‘m), o‘qituvchiga –150 baravarida (36,75 mln. so‘m).            

 Navoiy shahridagi 11-AFChO‘I maktabning 11-sinf o‘quvchisi Turdiboyev Yorqinbek Zafar o‘g‘li mazkur nufuzli olimpiadada ishtirok etib, kumush medal sohibi bo‘lgan. Belgilangan me’yoriy hujjatga muvofiq kumush medal egasi Yorqinbekka 73 million so‘m, uning o‘qituvchisi Ro‘ziqulova Zebo Aliqulovnaga esa 61 million so‘m pul mukofoti taqdim etildi.

O'xshash yangiliklar