PREZIDENT NAVOIYDA

PREZIDENT NAVOIYDA

   O‘zbekistonda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
 Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga safarini Karmana tumanidan boshladi hamda mamlakatimizdagi ilk quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
   Mazkur majmua qurilishi o‘tgan yili boshlangan edi. 110 mln. dollar investisiya o‘zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o‘rnatildi. Uning quvvati 100 megavatt.
— Ushbu stansiya yangi O‘zbekiston energetika tizimida birinchi ulkan qadam, ta’bir joiz bo‘lsa, "birinchi qaldirg‘och” bo‘lib, soha rivojida mutlaqo yangi davrni  boshlab bermoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi, — dedi davlatimiz rahbari.

O'xshash yangiliklar