BAG'RIKENGLIK IFODASI

BAG'RIKENGLIK IFODASI

Navoiy viloyati, Karmana tumani, "O‘zbekiston” mahallasida istiqomat qiluvchi Go‘zal Sultonova xonadonida "Quvnoq bolalar” nomli Oilaviy bolalar uyi ishga tushirildi. Endilikda bu xonadonda Navoiy shahar "Mehribonlik uyi”ning 8 nafar tarbiyalanuvchilari mehribon qo‘llar taftini his etib yashaydi.
Ochilish marosimiga tashrif buyurganlar xonadonning ziynatini ko‘rib, yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlashdi. Bolajon o‘zbek xalqining bag‘rikengligi yana bir bor o‘z isbotini topmoqda.

O'xshash yangiliklar