SAMARQANDLIK SOHA VAKILLARI NAVOIY VILOYATI TAJRIBASINI O‘RGANISHDI

SAMARQANDLIK SOHA VAKILLARI NAVOIY VILOYATI TAJRIBASINI O‘RGANISHDI

  Ta’lim sohasiga umummilliy masala sifatida e’tibor qaratilishi natijasida mazmun va sifat o‘zgarishlari yuz bermoqda. Navoiy viloyati keyingi yillar davomida oliy ta’limga qamrov yuzasidan yetakchilikni qo‘ldan bermay kelyapti va bu o‘z-o‘zidan orttirilgan tajribani boshqa  viloyatlar tomonidan o‘rganishga asos bo‘lyapti. Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilari hamda umumta’lim maktablarning direktorlari bugun Navoiy viloyati tajribasini o‘rganish maqsadida viloyatning Qiziltepa tumani va Navoiy shahridagi maktablarga xizmat safari uyushtirdi. Dastlab Qiziltepa tumanidagi 26-umumta’lim maktabda o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash, ularni kasbga o‘qitish borasidagi ishlarni o‘rganishdi. Shundan so‘ng Navoiy shahridagi informatika va axborot kommunikasiya texnologiyalarini chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan, o‘quvchi soni jihatidan viloyatda eng qamrovi yuqori (3982 nafar o‘quvchi) 8-, kompleks ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikada yetakchi bo‘lgan 11-DIUM va "Zamonaviy maktab” maqomini olgan, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan 7-maktablarga borib, ulardagi ijobiy yondashuvlar, o‘ziga xos jihatlarga e’tibor qaratishdi. 
   Ikki viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlari keyinchalik doimiy amaliy hamkorlikni davom ettirish maqsadida Memorandum imzoladi. Ishchi safar har ikkala tomon uchun foydali va amaliy anglashuvlarga boy bo‘ldi.

O'xshash yangiliklar