QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR

QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR

   Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 17 maydagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 173 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 25 oktyabr kuni Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar markazida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida tanlovning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritigan 10 ta jamoa a’zolari o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra Navoiy shahar 7-sonli umumta’lim maktabining "Navoiylik yigitlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qiziltepa tumanining "Shovvozlar”, Uchquduq tumanining "Kreativ” jamoasi faxrli ikkinchi o‘ringa, Konimex tumanining "Grant” hamda Nurota tumanining "Everest ” jamoasi faxrli uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

O'xshash yangiliklar