MAKTABLAR KOMPYUTERLAR BILAN TA'MINLANADI

MAKTABLAR KOMPYUTERLAR BILAN TA'MINLANADI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning umumta’lim maktablarida 2859 ta o`quv-kompyuter sinflari tashkil etilishi belgilandi.
Joriy yilning 7-iyun kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va KT kompaniyasi Prezidenti Yu Yeng Park yurtimizda o`quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo`yicha shartnomani imzoladi.
Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi "Maktab ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo`yicha o`tkazilgan tenderda g`olib bo`ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan $33 mln. kredit hisobiga moliyalashtiriladi.
Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o`rta ta’lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o`quv-kompyuter yetkazib, o`rnatib beradi. 2019-yil oxiriga qadar o`quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktablarga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya O`zbekistonning ishonchli hamkorlaridan biri ekanligini, shuningdek, loyiha birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini aytib o`tdi.
Mazkur loyiha maktab o`quvchilarining kompyuter savodxonligini oshirishga yordam berishini hamda O`zbekistonda axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish mamlakat uchun ustuvor yo`nalishlardan biridir, deya ta’kidladi vazir.
Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi o`quv dasturi, jumladan, axborot texnologiyalarini o`qitish bo`yicha dasturlarni qayta ko`rib chiqmoqda.

uzedu.uz

O'xshash yangiliklar