BOSHQARMA BOSHLIGʻI 368 TA MAKTABLARNI AYLANIB CHIQDI

BOSHQARMA BOSHLIGʻI 368 TA MAKTABLARNI AYLANIB CHIQDI

BOSHQARMA BOSHLIGʻI 368 TA MAKTABLARNI AYLANIB CHIQDI,
‼️buning uchun u 54000 km. yo‘lni bosib o‘tdi...
Navoiy viloyatining hududi juda katta. Shunga muvofiq ravishda faoliyat olib borayotgan umumta’lim muassasalari ham tarqoq joylashgan. Ba’zi maktablar viloyat markazidan 300 kilometr masofada joylashgan va qo‘shni Qozog‘iston respublikasi bilan chegaradosh. 
Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov bugun roppa-rosa tayinlanganiga 1 yil to‘lishi arafasida so‘nggi 368-chi, Konimex tumaniga qarashli 4-umumta’lim maktabini borib ko‘rdi. Maktabda ayni paytda 36 nafar ovul farzandlari ta’lim olmoqda. Ularga 24 nafar o‘qituvchi dars beryapti. O‘ziga xos geografik kenglikdagi maktabga qum barxanlari oralab boriladi. Fidoiy o‘qituvchilar mamlakat ertasi bo‘lgan yoshlarga beminnat va astoydil bilim berib kelmoqda. Ularning har-bir kuni jasoratga teng. Pedagoglarimizga kuch-quvvat salomatlik yo‘ldosh bo‘lsin!

O'xshash yangiliklar