FILOLOGIYA FANLARI FORUMI

FILOLOGIYA FANLARI FORUMI


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq tadbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida joriy yilning 7-8 noyabr kunlari Toshkent shahrida "Til va ta’lim: muammolar,istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi filologiya fanlari o‘qituvchilarining respublika forumi tashkil etildi.
Mazkur forumdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish,milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish, ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida filologiya fanlarini o‘qitish sifati samaradorligini oshirish, ilg‘or ish tajribalarini aniqlash va ommalashtirishdan iboratdir.
Forum doirasida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ilg‘or o‘qituvchilar ishtirokida bir necha tadbirlar o‘tkazildi. Dastlab forum ishtirokchilari joriy yilning 7 noyabr kuni poytaxtimizdagi vazirlik tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Bu yerda tajribali o‘qituvchilarning "Mahorat darslari” tashkil etildi.
Shundan so‘ng forum qatnashchilari"Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va "Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat muzeyiga tashrif buyurishib, bu yerdagi eksponatlar bilan tanishdilar.
Respublika forumida Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda joylardan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etishdi. Forum ikki kun davomida o‘tkazilib, u ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, qardosh tillar (qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman), chet tillari (ingliz, nemis, fransuz), rus tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishning dolzarb vazifalari kabi beshta yo‘nalishda ish olib bordi.
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida forumning yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda filologiya fanlarni o‘qitish yo‘nalishida olib boriladigan ishlarni sifat va samaradorligini oshirish, tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq tadbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Forum yakunida filologiya fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga doirtavsiyalar ishlab chiqildi hamda mazkur forumni hududlarda ham tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
 
 

O'xshash yangiliklar