MUNOSABAT

MUNOSABAT

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ("Zolotoy Gorod” ijtimoiy kanalida uzatilgan) "Zarafshon shahridagi 1-sonli maktabning ma'muriyatiga va chin ko'ngildan ta'mirlash ishlariga ishtirok etganlarga alangalik salom yo'llaymiz.Bo'larning barchasi bilim olish uchun kelgan o'quvchi bolalarning boshiga tushmaganligi uchun katta raxmat” nomli 2019 yil 29 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqqa chiqqan xabar yuzasidan viloyat xalq ta'limi boshqarmasining munosabati

Zarafshon shahridagi 1-sonli Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi 1966 yil qurilgan bo'lib, 960 o'ringa mo'ljallangan.Hozirgi kunda 1421 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda, maktab direktori Bo'stonov Abdusalom Samadovich. Maktabda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi ""Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularningijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3812-sonli qaroriga asosan 2019 yil "ZARAFSHON BEST BUILD” MChJ (rahbar S.Beknazarovtomonidan shartnoma qiymati 2 900,0 mln.so'm qiymatga ega mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirilgan. Shu bilan birga, viloyat hokimining 2019 yil 9 oktyabrdagi F-72-sonli farmoyishiga asosan, mahalliy byudjetning joriy yil 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Zarafshon shahrida joylashgan 1,2,3,4 va 9-sonli umumta'lim maktablarini zaruriy jihozlar bilan ta'minlash maqsadida jami bo'lib 886,9 mln.so'm mablag' ajratilgan. Ijtimoiy kanalda chop etilgan holat joriy yilning 28 oktabridan  29 oktyabriga o'tar kechasi sodir bo'lgan bo'lib, Zarafshon shahar 1-sonli Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi informatika xonasining shift qismi 0,5x1,5 kv.m o'lchamdagi suvoqlari asosidan ko'chib o'pirilib tushgan. Maktabda sodir bo'lgan holat kechasi o'quvchi va o'quvchilar maktabda bo'lmagan vaqtda sodir bo'lganligi bois hech kimga zarar etmagan va ushbu holat 29 oktabr kuni to'liq bartaraf etilib, sinf xonasining shift qismi suvoqlab berildi.
Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi kelgusida ta'lim muassasalarida salbiy holatlarni oldini olish bo'yicha barcha zaruriy choralar ko'rilishini ma'lum qiladi.



Viloyat xalq ta'limi 
boshqarmasi boshlig'i N.Ulug'berdiev




O'xshash yangiliklar