“OCHIQ MULOQOT” – MUAMMOLARGA YECHIM

“OCHIQ MULOQOT” – MUAMMOLARGA YECHIM

   Aholi bilan har qanday tur va ko‘rinishda o‘tkaziladigan "OCHIQ MULOQOT”lar joylardagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va sohaviy muammolarning yechilishida muhim ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilari ana shu jihatga to‘g‘ri yondashib, tizimli ravishda sayyor qabul va ochiq muloqotlar o‘tkazib kelyapti. 
   2021 yil 11 noyabr kuni Navoiy viloyat teleradikompaniyasi studiyasida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov boshchiligida boshqarma mas’ul xodimlari, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari ishtirokida jonli efir orqali "OCHIQ MULOQOT” o‘tkazildi. Muloqotda ta’lim sifat va samaradorligini oshirish, umumta’lim muassasalarini qishki mavsumga tayyorlash, xalqaro hamkorlik, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish va boshqa muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi. 
   Aholi vakillari, tizimdagi soha xodimlaridan kelib tushgan telefon qo‘ng‘iroqlaridan tushgan savollarga batafsil javob berildi. Muammoli savollar qisqa muddatda o‘rganib chiqilib, natijasi to‘g‘risida murojaat egalariga xabar berilishi belgilandi.

O'xshash yangiliklar