XALQ BILAN MULOQOT – MUAMMOLARGA YECHIM

XALQ BILAN MULOQOT – MUAMMOLARGA YECHIM

Navoiy viloyati  xalq talimi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratovning  "Sayyor qabullar” rejasiga asosan boshqarma rahbariyati 2022-yil 23-iyul kuni soat 10-00 da Nurota tumani Sentob MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan "Sayyor qabul” o‘tkazdi.
  Unda tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, maktab direktorlari va Sentob MFY hududida istiqomat qiluvchi 50  nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
  Fuqarolar tomonidan jami 20 dan ortiq muammolar va masalalar o‘rtaga tashlanib, ularning 7 tasi bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi, 4 nafar fuqaroni ishga joylashtirilishi, 1 nafar fuqaroni diplomini nostrifikasiya qilish, bitta maktabga yangi malakali direktor tayinlash, maktablarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi rahbar, xodimlarga aniq topshiriq va vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolarga boshqarma boshlig‘ining sovg‘asi sifatida badiiy kitoblar taqdim etildi.

O'xshash yangiliklar