XALQ TA’LIMI VAZIRI TASHABBUSI TA’MINLANMOQDA

XALQ TA’LIMI VAZIRI TASHABBUSI TA’MINLANMOQDA

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov hamda "O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining tashabbusi bilan respublikamizdagi 86 ta imkoniyati chelangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning har biriga 5 donadan bepul tikuv mashinalari ajratish rejalashtirilgan edi. Bugun Yaponiya davlatida ishlab chiqarilgan ana shunday tikuv mashinalaridan 15 donasi Navoiy viloyatidagi 3 ta maxsus maktab-internatlarga yetkazib berildi. Ularni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov va soha vakillari ishtirokida o‘z egalariga topshirildi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, shu tariqa ularning ijtimoiy moslashuvlarini ta’minlashda bu o‘ziga xos natija berishi tayin. Jarayon doirasida Karmana tumanidagi 25-sonli maxsus maktab-internat o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan mahsulotlarga qiziqish yuqori bo‘lib, ko‘pchilik ularni xarid qildi.

O'xshash yangiliklar