UMID NIHOLLARI”GA TAYYORGARLIK QIZGʻIN

UMID NIHOLLARI”GA TAYYORGARLIK QIZGʻIN

Yoshlar o‘rtasida uyushqoqlik bilan, ko‘tarinki ruhda o‘tkaziladigan "Umid nihollari” sport musobaqalari ko‘p ming sonli o‘quvchilarni qamrab olishi, bunda ularning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, epchillik sinovdan o‘tkazilishi, o‘rtada do‘stlik rishtalarining mustahkamlanishi bilan ham ahamiyatlidir.
Qizg‘in va murosasiz bahslarda saralangan yoshlar shu kunlarda "Umid nihollari-2022” musobaqasini Navoiy viloyatida o‘tkazish jarayonlariga kuch to‘plamoqda.
Xalq ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Murod Karabayev, Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov, boshliq o‘rinbosari Otabek Tilavov, "Yoshlik” JTSJ viloyat mintaqaviy bo‘limi rais o‘rinbosari Normamat Ochilovlar musobaqaga tayyorgarlikning borishi, sport o‘yingohlari shayligini ko‘zdan kechirib, tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar