OLIS TUMANLARDA “SAYYOR QABUL” MUROJAAT, MUAMMO, YECHIM

OLIS TUMANLARDA “SAYYOR QABUL” MUROJAAT, MUAMMO, YECHIM

     Insonlarni qiynayotgan muammolarni eshitish, ularni imkoniyat darajasida va mavjud tartibotlarga muvofiq yechish jamiyat a’zolarining roziligiga erishish uchun yo‘l ochadi. Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov tizimli ravishda hududlarda sayyor qabullar o‘tkazib, eng muhim, dolzarb va ustuvor muammolarni bartaraf etishni burch e’tiqodi va rahbarlik vazifasi deb hisoblaydi.
   Bugun, 5 avgust kuni kunning 1-qismida Uchquduq tumanidagi 10-umumta’lim maktabda fuqarolar hamda soha vakillari ishtirokida qabul o‘tkazdi. Uchrashuv davomida 9 ta turli masalalar bo‘yicha murojaatlar tushdi va ularning 4 tasi joyida hal etildi, 2 ta murojaatga asosli tushuntirish berildi, 3 tasi ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish maqsadida nazoratga olindi.

O'xshash yangiliklar