MUNOSABAT

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Karmana tumani 
30- umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagog jamoasining 
majburan paxtaga chiqishgani haqida tarqalgan xabar bo'yicha
Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasining munosabati

   Ushbu xabarni o'rganish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar (O'zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati tashkiloti va viloyat Mehnat bosh boshqarmasi) bilan viloyat ishchi guruh tuzilib, Karmana tumani 30-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi holat o'rganildi.
O'rganish jarayonida viloyat ishchi guruhi ta'lim muassasasida jamoa a'zolari bilan yig'ilish o'tkazib, ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarga maktab jamoasi xolisona yondashib, munosabat bildirishlarini so'radi.
Maktab boshlang'ich kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi Zulxumor Rahmatova so'zga chiqib, mazkur masala bo'yicha to'htalib, 2019 yilning 5 noyabr sanasida O'zA tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda 2019-2020 o'quv yilining birinchi chorak ta'til davrida Navoiy viloyatining Karmana tumani 30-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy paxta yig'im-terimiga safarbar etilganligi to'g'risidagi xabar noto'g'ri ekanligini, qolaversa dam olish kunlari o'qituvchilar o'zlari istagan mashg'ulot turi bilan shug'ullanishlarini aytdi.
Shundan so'ng ushbu masala yuzasidan maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi G.To'raeva so'zga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat va xabar to'g'risida to'xtalib, paxta yig'im-terimi mavsumiga maktab rahbari tomonidan jalb etilmaganliklarini, 2019 yilning 27 oktyabr sanasida jamoadagi xodimlarning ba'zilari o'z tashabbuslari bilan paxtaga borganliklarini, esdalik uchun paxta maydonida suratga tushganliklari, shundan so'ng maktab pedagogik jamoasi shaxsiy guruhiga suratlarini tashlaganliklarini bayon qildi. Boshlang'ich sinflar metodbirlashma rahbari Nigora Mo'minova ham hamkasbining fikrini tasdiqlab, yordamga chiqishgan xodimlar o'z hohishlari bilan chiqqanliklarini, ijtimoiy soha xodimlarini majburiy mehnatga barham berilganligidan hammamizning xabarimiz bor deya ta'kidlashdi. O'rganish jarayonida maktab pedagogik jamoasiga maktab rahbariyati tomonidan majburiy mehnatga jalb etish bo'yicha hech qanday topshiriq berilmaganligi aniqlandi.
Jumladan, maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchilari Mo'minova Nigora, Abdumurodova Aziza, matematika fani o'qituvchisi Rahmatova Gulnora, musiqa fani o'qituvchisi To'ychieva Mo''tabar 2019 yilning
27 oktyabr kuni (dam olish kuni) o'z xohish istaklari bilan ko'mak berish maqsadida mahallasidagi faollar bilan birgalikda chiqqanligi hamda ushbu ishdan moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida dam olish kunlaridan unumli foydalanish mumkinligini ma'lum qildilar.
O'zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati tashkiloti xodimlari o'qituvchilardan majburiy mehnatta jalb etish bo'yicha anonim so'rovnoma o'tkazilganda, ijtimoiy tarmoqlarda majburiy mehnat bo'yicha e'lon qilingan holat tasdiqlanmadi.
Shuningdek, Navoiy viloyat Mehnat Bosh boshqarmasi huquqiy inspeksiya boshlig'i B.Kubaev tomonidan maktab o'qituvchilaridan olingan "Tushuntirish xat”larida ham majburiy mehnat ekanligi o'z isbotini topmadi. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda, Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mazkur ta'lim muassasasida majburiy mehnatga yo'l qo'yilmagan deb hisoblaydi. 




O'xshash yangiliklar