G'OLIBLIK MUBORAK

G'OLIBLIK MUBORAK

    Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Jaholatga qarshi ma'rifat” ijodiy ishlar tanlovining Respublika bosqichi yakunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda xuquqiy ong va xuquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida” 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoni, Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 237-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkent shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 ta viloyat hamda Toshkent shahri umumiy o'rta ta'lim maktablari (tanlovning viloyat bosqichi g'oliblari o'rtasida) "Jaholatga qarshi ma'rifat” ijodiy ishlar tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.
O'quvchilarning ijodiy salohiyatlarini, vatanparvarlik tuyg'ularini va sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini rivojlantirish, ular qalbida yot g'oya ta'sirlariga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, mustaqil va erkin fikrlovchi, qat'iy e'tiqodga ega bo'lgan yuksak bilimli, intellektual salohiyatli, mustaqillik tamoyillariga sodiq, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkmol avlodni tarbiyalash va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini yosh avlod ongiga singdirish maqsadida o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida tanlovning viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchi-yoshlar uchta yo'nalishda (she'r, rasmlar, insho) o'zaro bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko'ra, "She'riyat” yo'nalishida Navoiy shahar 7-sonli umumta'lim maktabi 11-sinf o'quvchisi Baxtiyorov Farrux faxrli birinchi egalladi.

O'xshash yangiliklar