KITOB-XAZINALAR KALITI

KITOB-XAZINALAR KALITI

      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tardbirlar dasturi to'g'risida”gi PF-4789-sonli Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy shahar "Mehribonlik uyi”da tarbiyalanayotgan yoshlarni barkamol etib tarbiyalash, ular qalbiga Vatanga sadoqat, ulug' allomalarimiz merosiga, azaliy qadriyatlarga chuqur ehtirom tuyg'usini singdirishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Muassasada tarbiyalanuvchilarni kitobxonlikki qiziqtirish maqsadida "Adabiyotga e'tibor – kelajakka e'tibor” shiori ostida bir qancha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari o'tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 17 noyabrь kunida viloyat xokimligi, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda Navoiy shahri 55159 N-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda "Kitob-xazinalar kaliti” nomli tadbir tashkillashtirildi. Ushbu tadbirda bolajonlar o'zlari mutolaa qilgan kitoblari, ushbu kitobdagi qahramonlar to'g'risida so'zlab berishdilar. Tadbirda so'zga chiqqanlar yoshlarimizning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda zamon talablari darajasida juda keng imkoniyatlar yaratishga qaratilayotgani yaqin vaqt orasida O'zbekistonning tom ma'noda kitobxonlar yurtiga aylanishiga xizmat qilishi to'g'risida gapirdi. Tadbirda viloyat xokimligi Ma'naviyat-targ'ibot bo'limi rahbari U.Safarov ham ishtirok etdi. "Mehribonlik uyi” ning "Barchinoy” guruhi tarbiyalanuvchisi, Navoiy shahar 16-DIUM 9-sinf o'quvchisi Beshimova Gulchehra o'zining "Kitob–mening do'stimsan” deb nomlangan she'rini mehmonlarga o'qib berdi. Shu guruh tarbiyalanuvchisi Qambarova Sarvara ham o'zi yod olgan she'rni mehmonlarga havola etdi. Tadbir yakunida Navoiy shahri 55159 N-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari bolajonlarga o'zlarining 47 nomdagi 54 dona kitoblar va audi-kitoblarni sovg'a qilishdi.
                                                                                                                Navoiy shahar
                                                                                                                "Mehribonlik uyi” direktori
                                                                                                                 D.Orzieva

O'xshash yangiliklar