CHEMPIONLAR TAQDIRLANDI

CHEMPIONLAR TAQDIRLANDI

  Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan 60 dan ortiq farmonlari, qaror va farmoyishlari qabul qilindi.
Navoiy viloyatining etakchi sportchilarining pirovard maqsadi – to'rt yillikning eng nufuzli sport tadbirida muvaffaqiyatli ishtirok etishdir.
Bugungi kunda 18 nafar yuksak sport mahoratiga ega bo'lgan sportchilar ushbu nufuzli sport forumida ishtirok etish uchun lisenziyalarni qo'lga kiritish borasida kurash olib bormoqdalar. Kuni kecha viloyat hokimi K.Tursunov boshchiligida joriy yilning 3 choragi mobaynida nufuzli Xalqaro musobaqalar – sport turlari bo'yicha Osiyo, Jahon chempionatlari va kuboklarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tantanada sportchilar, fan-texnika yo'nalishida yutuqlarga erishgan yoshlar, murabbiylar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
2019 yil mobaynida sportchilar Jahon chempionatlari va kuboklarida 29 ta, Respublika musobaqalarida mingga yaqin turli darajadagi medallarni qo'lga kiritdilar.
  Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi olamshumul natija qayd etib, jamoaviy ravishda jahon chempionlari bo'ldilar. Ushbu jamoaga munosib zahira sifatida navoiylik sportchilar - yoshlar va o'smirlar chempionatlari g'oliblari – Navoiy shahar 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi Negboev Muzrob va 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi Petrov Loginlarni muvaffaqiyatini alohida e'tirof etish zarur. Viloyat tarixida ilk bor bokschi qizimiz Navoiy shahar 11-AFChIO'M o'quvchisi Savriddinova Mohlaroyim Osiyo chempionati bronza medali sovrindori bo'ldi.
Shuningdek, fan doktorlari, dosentlar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ichida "Innovasion g'oyalar etakchisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlangan yosh tadqiqotchi Navoiy viloyati, Karmana tumani 21-maktab o'quvchisi Xaydarov Xumoyun Masharip o'g'li borligi barchamizni quvontirdi. Janubiy Koreya davlatida bo'lib o'tgan "IRO-2019” xalqaro robotexnika olimpiadasida faxrli III-o'rin sohibi.Xaydarov Xumoyun innovasion g'oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo'shganligi uchun "Innovasion g'oyalar etakchisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. 
Yuqori natijalarga erishgan mazkur o'quvchilar viloyat hokimining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar