VILOYATIMIZNI INNOVATSION HUDUDGA AYLANTIRAMIZ

VILOYATIMIZNI INNOVATSION HUDUDGA AYLANTIRAMIZ

    "Viloyatimizni ta'lim sohasidagi eng faol innovatsion hududga aylantiramiz" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda "Ta'lim sifatini oshirishda rahbar va pedagog xodimlarning mas'uliyati” mavzusida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Oblaev, "Xalq ta'limi tizimidagi uzluksiz metodik xizmatning axvoli va istiqboldagi vazifalar” mavzusida metodik xizmat bo'limi boshlig'i D.Imomova, "Ta'lim muassasalarida pullik xizmatlarni tashkil qilish” mavzusida Navoiy shahar xalq ta'limi bo'limi mudiri o'rinbosari Sh.Arziqulov, "11-sinf bitiruvchilarining bandligini ta'minlash” mavzusida Navbahor tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri o'rinbosari J.Sobirovlar taqdimot qildilar. 
Seminarda trening mashg'ulotlari ham bo'lib o'tdi. "Ta'lim muassasalari huzuridagi kuzatuv kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish”mavzusida Navoiy shahar 12-DIUM direktori A.Azimov, "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida metodik kengashni tashkil etish to'g'risida”gi mavzuda Zarafshon shahar Xalq ta'limi bo'limi metodisti G.Nizamova, "Metodist ta'lim sifatining me'mori” mavzusida Navbahor tumani Xalq ta'limi bo'limi ona tili va adabiyot fani metodisti Z.Axmedova, "Adabiyot darslarida "PISA” testlaridan foydalanish”mavzusida Qiziltepa tumani ona tili va adabiyot fani metodisti I.Raxmatullaevalar trening mashg'ulotlarini olib bordilar. Seminar so'ngida takliflar, fikr-mulohazalar eshitildi.

M.Qudratova

O'xshash yangiliklar