KONSTITUTSIYA ERKINLIGIMIZ KAFOLATI

KONSTITUTSIYA ERKINLIGIMIZ KAFOLATI

   O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarini targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019 yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni 10-11-bandlari hamda Xalq ta’limi  vazirligining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida Konstitutsiya-erkinligimiz kafolati” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini o‘tkazishda tuman, shahar xalq ta’lim bo‘limiariga, viloyat barkamol avlod bolalar markaziga xat chiqarildi va joriy yilning 14 noyabr kuni tanlovning viloyat bosqichi Nizom asosida o‘tkazildi.
"Konstitutsiya-erkinligimiz kafolati” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Navbahor tuman 12-maktab o‘quvchisi Adizova Nargiza 1-o‘rinni egaladi. 
Ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi Surxandaryo viloyati Termiz shahridagi "O‘zbekiston  yoshlar ittifoqining  xalqaro yoshlar oromgohi”da 1-2 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Tanlovda  Navoiy viloyati Navbahor tumani 12-maktab 11-sinf o‘quvchisi Adizova Nargiza ishtirok etib insho yo‘nalishida faxirli 1-o‘rinni egaladi. 


O'xshash yangiliklar