INNOVATSION YONDASHUV

INNOVATSION YONDASHUV


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol avlod etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3907-sonli, 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3931-sonli qarorlari, 2018yil 5sentyabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-5538-sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11avgustdagi "Ta'lim muassasalarida chettillarini o'qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 610-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida Zarafshon shahar 13-davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabda 2019 yil 3 may kuni"Ta'lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuv” mavzusida Respublikaseminari bo'lib o'tdi. Mazkur seminarga mamlakatimizning barcha viloyatlarida faoliyat olib borayotgan eng bilimli, eng iqtidorli, faol va tashabbuskor, yuksak salohiyatli fan o'qituvchilarni o'zida jamlagan Respublika seminarini Zarafshon shahar hokimi A.R.Radjabov ochib berdi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimining o'rinbosari F.B.Soliev, Xalq ta'limi vazirligi O'quv jarayonni metodik jihatdan ta'minlashni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i A.S.Abidjanov, O'zbekistonda o'quvchilarni on-layn baholash tizimini joriy qilish bo'yicha Xalqaro ekspert Devid Keize, Respublika ta'lim markazi amaliy fanlar bo'lim boshlig'i Z.S.Shamsieva hamda Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.R.Ulug'berdiev seminar ishiga muvaffaqiyat tilash barobarida xorijiy tillarni o'rgatish borasidagi yangi metodlar, pedagogik texnologiyalarni amalda keng qo'llash va tajriba almashinuviga qaratilgan seminar ta'lim sifatini oshirish, ingliz tilini o'qitish tizimini yanada yaxshilashga xizmat qilishini ta'kidlab o'tdilar.
Maktab hovlisida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish mexanizmi asosida ko'rgazmalar namoyishi tashkil etildi.
Shuningdek, umumta'lim maktab o'quvchilarini o'rganayotgan chet tili bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini muloqot jarayonida qo'llay olishga o'rgatish, iqtidorli va qobiliyatli o'quvchilarni qobiliyatlarini aniqlash, qo'llab-quvvatlash, ularning ingliz tilidan so'z boyligini orttirish, intellektual salohiyatlarini oshirish va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o'quvchilarda xorijiy tillarni o'qitilishini yanada yaxshilash hamda o'quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolarni ingliz tilida taqdimot qilish maqsadida tashkil etilgan umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Innovasion ixtirolar tilga kirsa” loyihasi asosida viloyat ko'rik-tanlovining Zarafshon shahar bosqichi g'oliblari ishtirok etishib, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan ko'rgazmalar namoyishi, "Kitob bizni birlashtiradi” mavzusida festival namoyishi, ingliz tilida tashkil etilgan sport musobaqalari namoyishi,psixologik trening mashg'ulotlari, amaliy fanlar bo'yicha to'garak mashg'ulotlari, qo'g'irchoq teatr sahna ko'rinishi, Navoiy viloyatining o'tmishi va bugungi kunini aks ettiruvchi ta'riflar (ingliz tilida),Xalqaro olimpiadalarga tayyorlash bo'yicha "Iqtidorli o'quvchilar” klubi faoliyati, maktabda tashkil etilgan muzey, Navoiy g'azallari ingliz, rus tillari talqinida, ustozlarni madh etuvchi namoyish, maktab kutubxonasi faoliyati, fitobar oldida o'quvchilarni chiqishlari kabi bir qator namyishlar viloyatlardan kelgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ahamiyatlisi shundaki, tashkil etilgan mazkur seminarda fan o'qituvchilari tomonidan o'quv jarayonlari barchasi ingliz tilida olib borildi. Masalan, ingliz tili fani o'qituvchisi Axrorova Mohichehra Asrorovna 3-"B” sinfda "What’s in your street”, tarix fani o'qituvchisi Xayitmurodova Nargiza Forobiddinovna 6- ”G”sinfda "O'rta er dengizida hukmronlik uchun kurash”, matematikafani o'qituvchisi Norbo'taeva Nargiza Bozorovna 5-"A” sinfda "Foizlarga doir masalalar echish”, matematika fani o'qituvchisi Jo'raeva Aziza Oltinboevna 6-"M” sinfda "Parallel to'g'ri chiziqlar”, musiqa fani o'qituvchisi Eshquvvatova Shahodat Abdiroziqovna 4-"D” sinfda "Bastakor Komiljon Jabborovning hayoti va ijodi”, ingliz tili fani o'qituvchisi Xolmurodova Sharofat Bahodirovna "A key words for math operations”, ingliz tili fani o'qituvchisi Jo'raqulova Ra'no Mahmadiyorovna "Motivational student centered lesson”, biologiya fani o'qituvchisi Shukurova Gulnoza Zayniddinovna 7-"G” sinfda "Yirtqich sut emizuvchilar”, jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Yulieva Dildora Xayitmuratovna 13-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi "Shaxmat” to'garak darsi, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Zoirova Nilufar Mustafaevnaning 5-6 sinf o'quvchilari bilan "Qo'g'irchoq teatrining o'quvchilar iste'dodini namoyon qilishda va nutqini o'stirishdagi o'rni” mavzusida, tasviriy san'at fani o'qituvchisi Jumaeva Muhabbat Alisherovna3-"K” sinfda "Doira shaklida naqsh ishlash” mavzusida, biologiya fani o'qituvchisi Raximova Durdona Odilovna7-"D” sinfda "Sut emizuvchilarning xilma-xilligi” mavzusida, ona tili va adabiyot o'qituvchisi Sharipova Lobar Ilhomovna "Muhammad Yusuf hayoti va ijodi” mavzusida, informatika fani o'qituvchisi Xudoyorova Ozoda Mardonovna8-"D” sinfda "Ma'lumotlarni tartiblash va saralash mavzularini takrorlash” mavzusida, informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi Davronova Dilorom "Yosh dasturchilar klubida ishlash”, ingliz tili fani o'qituvchisi Hayitova Madina Rofiqovna 9-"V”sinfda "Industry in the UK and USA” mavzusida, ingliz tili fani o'qituvchisi Jalolova Dilafruz Sodiqovna 7”A”-sinfda "World spots” mavzularida mahorat darslarini tashkil etgan bo'lsa, biologiya fani o'qituvchisi Fayzullaeva Nasiba Ziyadullaevna ta'limga innovasion yondashgan holda sport turi hisoblangan "Shashka” o'yinini turli fanlarda dars jarayonida qo'llashning yangi usulini, ya'ni "Ta'limda shashka o'yini” usulini ochib berishga harakat qilishdi.
Fanlar kesimida o'qituvchilar darslarini ingliz tilida o'tishlaridan asosiy maqsad o'quvchilarning ingliz tilida bilimini oshirish, fanlarni ingliz tilida mukammal bilish va fikrlashni o'rgatish, tafakkurini shakllantirish, "Xalqaro fan olimpiada”laridao'quvchilarning ishtirokini munosi bta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi "Ta'lim muassasalarida chet tillarini o'qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 610-sonli qarorning 2-band 3-xat boshisi bilan ko'rsatilgan "O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda mutaxassislik fanlaridan chet tilida dars beradigan, B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo'lgan ta'lim muassasalari pedagoglarining ish haqlariga 100 foizgacha ustamalar belgilash tartibi ishlab chiqilishini amaliyotga joriy etilishini ta'minlash”da faol ishtirok etishni yo'lga qo'yishda hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4199-sonli "Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” qarorlariga ijodiy yondashishdan iborat.


Tayyorladi: G.Sag'dullaeva

O'xshash yangiliklar