5 TA TASHABBUS AMALDA

5 TA TASHABBUS AMALDA

Xalq ta'limi vazirining 2019 yil 26 apreldagi 141-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, o'quvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot-texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishni oshirish, o'quvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo'yicha 5 ta tashabbusni amalga oshirish bo'yicha o'tkaziladigan ko'rik-tanlov, festival va sport musobaqalar o'tkazilmoqda.
2019 yilning 24-25 dekabr kunlari uchinchi tashabbus bo'yicha Navoiy viloyatida "Yilning eng yaxshi dasturchisi” hamda "Kashfiyotchi bolalar” respublika ko'rik-tanlovi bo'lib o'tmoqda.
Ko'rik-tanlovga Respublikamizning barcha hududlaridan 150 nafar mehmonlar 70 nafar ishtirokchilar tashrif buyurishdi va ko'rik-tanlov Navoiy viloyatining Yoshlar markazida o'tkazilmoqda. Ko'rik-tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad o'quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning dasturlash imkoniyatlari haqida bilim va malakalarini rivojlantirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo'yicha dasturiy ta'minot vositalar ishini o'rganishni tashkil etish hamda ular o'rtasida axborot texnologiyalari sohasida yangi iste'dodlarni aniqlash va ularning rivojlantirishini yuzaga chiqarish hamda o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular ongiga mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o'quv va ko'nikmalarini singdirish hamda ular o'rtasida fan va texnik vositalar va kompьyuter texnologiyalari ishini o'rganishni tashkil etish hamda ular o'rtasida texnik ijodkorlikni rivojlantirishdir.
Ko'rik-tanlovni yakuniy natijalari 25 dekabr kuni Navoiy viloyatining Yoshlar markazida bo'lib o'tadigan yopilish marosimi tadbirida tantanali e'lon qilinadi. G'olib deb topilgan ishtirokchilar Xalq ta'limi vazirining diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

O'xshash yangiliklar