O'SMIRLAR O'RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI

O'SMIRLAR O'RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda o'quvchi-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakillantirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida viloyat hokimligining 2017 yil 15 dekabrdagi 05-05/1573-sonli chora-tadbirlar rejasi hamda O'zbekiston "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashning 2017 yil 6 dekabrdagi 05/5-91-sonli buyrug'i hamda viloyat "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Mintaqaviy bo'limining 2017 yil 16 dekabrdagi -sonli buyrug'iga asosan 2017 yil 22-23 dekabr kunlari viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarining
2002-2003 hamda 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida sportning gandbol, erkin kurash va stol tennisi turlari bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o'tkazildi.
2017 yilning 22-23 dekabr kuni 2002-2003 va 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida sportning erkin kurash turi sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan BO'SM zalida, qo'l to'pi (o'smirlar va qizlar) sport turi "Navoiy azot” AJ ga qarashli "Kimyogar” o'yingohida, stol tennisi turi Navoiy shaxar 7-son umumiy o'rta ta'lim maktabi sport zalida hakam A.Yo'ldoshev boshchiligida tashkil qilindi.
Stol tennisi jamoaviy uchrashuvda o'g'il bolalar o'rtasida Navoiy shahar jamoasi I o'rinni, Navbahor tuman jamoasi II o'rinni, Konimex tuman jamoasi III o'rinni egalladi.
Jamoaviy uchrashuvda o'g'il bolalar o'rtasida Navoiy shahar jamoasi I o'rinni, Navbahor tuman jamoasi II o'rinni, Nurota tuman jamoasi III o'rinni egalladi.
Qo'l to'pi (o'smirlar) turi bo'yicha Navbahor tuman jamoasi I o'rinni, Karmana tuman jamoasi II o'rinni, Xatirchi tuman jamoasi III o'rinni egalladi. Qo'l to'pi (qizlar) turi bo'yicha Xatirchi tuman jamoasi I o'rinni, Navoiy shahar jamoasi II o'rinni, Navoiy shahar jamoasi I o'rinni, Karmana tuman jamoasi II o'rinni, Xatirchi tuman jamoasi III o'rinni egalladi.
Erkin kurash turi bo'yicha Navoiy shahar jamoasi I o'rinni, Xatirchi tuman jamoasi II o'rinni, Navbahor tuman jamoasi III o'rinni egalladi.


                                                                                                         "Yoshlik” JTSJ VMB mutaxassisi G.Ibragimova

O'xshash yangiliklar