"PREZIDENT ARCHASI" TADBIRLARI

  "Prezident archasi” tadbirlari joriy yilning 29 dekabr kuni Navoiy shahridagi "Farhod” madaniyat saroyida va Zarafshon shahridagi "Oltin vodiy” madaniyat uyida o'tkazildi.
  Navoiy shahridagi "Farhod” madaniyat saroyida Prezident archasi bayram tadbirini viloyat hokimi Q.B.Tursunov kirish so'zi bilan ochib, yig'ilgan ishtirokchi va barcha bolajonlarni yangi 2018 yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda Navoiy shahar, Xatirchi, Navbahor, Nurota, Karmana, Konimex, Qiziltepa tumanlaridan va Navoiy shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan jami 224 nafar bola qatnashdi, ularga viloyat hokimi Prezident sovg'alarini topshirdi. 9 nafar bola sog'ligi tufayli ushbu bayram tadbirida ishtirok eta olmadi. Ularning Prezident sovg'alari shahar va tuman XTB xodimlari tomonidan o'z egalariga etkazildi. Bayram tadbirida bolajonlar uchun "Farhod” madaniyat saroyida teatrlashtirilgan bayram tomoshalari namoyish etildi.
Zarafshon shahridagi tadbirda Zarafshon shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda Zarafshon shahar, Uchquduq tumanlaridan jami 110 nafar bolajonlar ishtirok etdi va ularga ham Prezident sovg'alari mutasaddi tashkilotlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek ajoyib bayram dasturxonlari tuzatilib bolajonlar uchun bu yilgi yangi yil bayrami unutilmas taassurotlarga boy bo'ldi.

Viloyat xalq ta'limi boshqarma
boshlig'i o'rinbosari T.Abduraxmonov

O'xshash yangiliklar