RAHBARLAR UCHUN O'QUV-SEMINAR O'TKAZILMOQDA

RAHBARLAR UCHUN O'QUV-SEMINAR O'TKAZILMOQDA

   Joriy yilning 3-5 yanvar kunlari A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari rahbarlari uchun tizimda amalga oshirilayotgan yangiliklarning mazmun-mohiyatini yetkazish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishdagi bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.
 Unda vazirlik rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshlig‘i o‘rinbosarlari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
 Seminarning birinchi kunida ishtirokchilarga Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omillari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yosh mutaxassislar bilan ishlash va yetakchilar faoliyatini tashkil, ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Ikkinchi kuni esa vazirliklikning boshqarma boshliqlari, Respublika ta’lim markazi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi metodistlari va soha mutaxassislari tomonidan ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda ta’lim boshqaruvidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari, umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va rivojlantirish, o‘quv ishlab chiqarish komplikslari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda pedagogik psixologik tashxis qilish, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishga oid bir qator mavzularda o‘zaro muloqot shaklida darslar tashkil etildi.
 
                    Manbaa: uzedu.uz

O'xshash yangiliklar