QISHKI TA'TIL MAROQLI O'TMOQDA

QISHKI TA'TIL MAROQLI O'TMOQDA

 
Joriy yilning 28 dekabridan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari qishki ta’tilga chiqishdi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlar uchun bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi sport seksiyalari hamda "Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garaklarning to‘liq ishlashi ta’minlandi.

Qolaversa, respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda xorijiy tillarni o‘rgatish, turli fan to‘garaklari va sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Qishki ta’til kunlaridafanlar bo‘yicha bilimlar bellashuvining maktab bosqichi hamda 5-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Umid nihollari” sport musobaqasining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual musobaqa va ko‘rgazmalar katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Jumladan, "Barkamol avlod” bolalar markazlarida "Qo‘g‘irchoq teatri” to‘garak a’zolari tomonidan "Sehrli qish” spektakli, Liboslar dizayni to‘garagi a’zolari o‘rtasida "Yangi yil tarovati” nomli rasmlar ko‘rgazmasi, "Foto dizayn” to‘garagi a’zolari o‘rtasida "Qish tarovati” foto suratlar ko‘rgazmasi ko‘plab o‘quvchilarni jalb etmoqda.

Shuningdek, respublikamizdagi barcha axborot-resurs markazlari qishki ta’til kunlarida o‘quvchilar uchun muntazir bo‘lib, bu yerda "Mening shaxsiy kitobim”, "Bolalar ertak tuzganda”, "Sirli sandiqcha”, "Yangi yil quvonchlari” mavzusida tadbirlar mutolaa va kitobxonlik madaniyatini oshishida xizmat qilmoqda. Axborot-resurs markazlarida bolalarning sevimli shoir va yozuvchilari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z sevimli ijodkorlari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

9 628 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 66 687 ta sport seksiyalar tashkil etilgan bo‘lib, 6 ta (basketbol, voleybol, futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi) sport turlaridan musobaqalarga start berildi.

O‘quvchilarni tariximiz, madaniyatimiz va san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 15 ming nafardan ortiq o‘quvchi, o‘qituvchilar uchun Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga sayohatlar tashkil etib borilmoqda.

Shuningdek, haftaning seshanba va juma kunlari 20 ming nafardan ortiq o‘quvchilar yurtimizdagi muzeylarga tashriflari tashkil etildi, 10 ming nafardan ortiq o‘quvchilarning teatrlarga bosqichma-bosqich tashrifi uyushtirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda 28 dekabrdan 11 yanvargacha bo‘lib o‘tadigan qishki ta’til vaqtida o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
 
Manbaa: uzedu.uz

Ma’lumot uchun, Xalq ta’limi vazirligi tizimida 9628 ta umumta’lim maktabi bo‘lib, unda 5 mln nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi.

O'xshash yangiliklar