MARDLIK VA JASORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI

MARDLIK VA JASORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora tadbirlari to'g'risida”gi F-5135-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2018 yil 11 yanvarь kuni Nurota, Konmex, Karmana tumanlari XTB lari tizimidagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Mardlik va jasorat” darslari tashkil etildi. Shuningdek, ta'lim muassasalaridagi o'quvchilar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan turli sport musobaqalari o'tkazildi.
2018 yil 12-yanvar kuni barcha umum ta'lim maktabdlaridaa "Biz –Vatan posbonimiz” mavzusida 353 ta ta'lim muassasasida tadbirlar va uchrashuvlar o'tkazildi. O'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Davra suhbatidan so'ng o'quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy tadbir namoyish etildi. Bayram tadbirida o'quvchilar Harbiylarimizga, Vatan posbonlariga bag'ishlangan she'r, qo'shiq va raqslar ijro etishdilar. Joriy yilning 12-yanvar kuni barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarda "Vatanni sevish ma'naviy jasoratdir” mavzusida ma'naviyat soati o'tkazildi. viloyatdagi barcha maktab o'qituvchilari va ishchi xodimlar ma'naviyat soatiga qatnashdilar.
Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va "Vatan himoyachilari kuni” ni nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va yuqori saviyada o'tkazish, o'quvchilarda burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg'ularini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar mamlakatimiz sarhadlari xavfsizligining ishonchli garovi ekanligini keng targ'ib qilish maqsadida 2018 yil 8-13 yanvarь kunlari "Mustaqil vatanimizning ishonchli himoyachilari” haftaligi o'tkazilmoqda. Ushbu haftalik rejasiga asosan yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida "Vatan himoyasi-muqaddas burch” mavzusida insholar tanlovi maktab bosqichini o'tkazildi. Qiziltepa tumani 7532-"E”-harbiy qism 5-batalьon da 13 yanvarь kuni tadbir tashkil etildi 1-,3-,4-,5-umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etdi

13 yanvarь kuni ”Milliy armiyamiz - yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir kechasi ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Tadbirda Uchquduq tuman 75932-harbiy qism serjanti Elmurodov Aktam Uralovich, serjant Shoimov Rajab Shodmonovich, Uchquduq tuman Mudofaa ishlar bo'limi chaqiruvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash bo'linmasi boshlig'i Abdurahmonov O'ralbek Narqulovichlar tashrif buyurdilar. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi she'rlar, qo'shiqlar aytildi, vatanni sevishga, shukronalikka etaklovchi sahna ko'rinishi namoyish etildi. Tadbir so'ngida o'quvchilar tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga tabriknomalar taqdim etishdi. Tadbir Uchquduq ”Orion” teleijodkorlari tomonidan tasvirga olindi.
T.Abduraxmonov
 

O'xshash yangiliklar