ARMIYA-MARDLIK, MATONAT VA JASORAT MAKTABI

ARMIYA-MARDLIK, MATONAT VA JASORAT MAKTABI

  Prezidentimiz tomonidan 2017 yilning 7 dekabrida qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishiga muvofiq, Navoiy shahar markaziy o'yingohida navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda el-yurt 
taqdiriga daxldorlik tuyg'usini yuksaltirish maqsadiga yo'naltirilgan "Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Unda harbiy okrug harbiy xizmatchilari, viloyat mudofaa ishlari, Ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va shahar kengashi, mudofaaga ko'maklashuvchi "Vatanparvar” tashkiloti xodimlari, oliy o'quv yurti talabalari, kollej va liseylar hamda umumta'lim maktablari o'quvchilari, viloyat tuman va shaharlaridan taklif etilgan mehmonlar, shahar aholisi ishtirok etdi.
Dastlab tadbir doirasida Olimpiya zaxiralari kolleji va sport jamoalari marafoniga start berildi. Shundan so'ng N-sonli harbiy qism desantchilari tomonidan vatanimiz sarhadlarini himoya qilishda qudratli milliy armiyamiz tomonidan qo'llaniladigan eng zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslaha hamda qutqaruv-qidiruv xizmatining moddiy ta'minot bazasi ko'rgazmalari tashkil etildi.
Bundan tashqari, Respublika "Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi va uning shahar, tuman bo'limlariga qarashli hunarmandlar tomonidan keltirilgan tikuv va bichuv ishlanmalari, bisserlar, o'yinchoqlar, so'zana va kashtachilik hamda boshqa yuzlab hunarmandchilik namunalari bayram ishtirokchilarida katta tassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir doirasida Xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli tasvir va amaliy san'at yo'nalishi bo'yicha ta'lim muassasalari o'quvchilarining Vatanga muhabbat va harbiy vatanparvarlik g'oyalarini tarannum etuvchi qo'lda chizilgan eng sara asarlari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.
 
 
navoiy.uz

O'xshash yangiliklar