HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH BO'YICHA SEMINAR

HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH BO'YICHA SEMINAR

         Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi”da "Umumyi o'rta ta'lim maktablarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish omillari” mavzusidagi viloyat o'quv-seminarining o'tkazilganligi yuzasidan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Viloyat seminarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida”gi PQ-3160-sonli qarori to'g'risida, "Voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda hududiy profilaktika inspektorlari va ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlik masalalari”, korrupsiya va unga qarshi kurashish omillari, diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik va aqidaparastlikning yoshlarga salbiy ta'siri, o'quvchilar o'rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va o'z joniga qasd qilish holatlarining oldini olishda maktab amaliyotchi psixologlarining o'rni, ta'lim muassasalarida tashkil etilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to'g'risida  Navoiy viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i  N.Ulug'berdiev,  Viloyat IIB XPB boshlig'i A.Rafiev, Viloyat bosh imom-xatibi T.Ro'ziev, Viloyat Prokuraturasi mas'ul xodimi K.Xasanov, Viloyat Milliy xafsizlik boshqarmasi xodimi A.Ketmonov,  Navoiy Davlat Pedagogika instituti o'qituvchisi  M.Eshnazarovalar ma'ruzalari bilan ishtirok etishdilar.
Seminar yilig'ilishi kun tartibidan kelib chiqib;
-umumta'lim maktab o'quvchilari jinoyatchilikka moyilligi yuqori darajada bo'lgan umumta'lim maktablari xodimlarining ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorligini yanada yaxshilash;
- o'quvchilarning umumta'lim maktablariga kelib – ketishlari va tanaffus vaqtidagi hatti – harakatlarini nazorat qilish, o'quv muassasalari hududlarida turli noxush holat va tartibbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida tashkil qilingan o'qituvchilarning kunlik navbatchiligi nazoratini kuchaytirish;
-umumta'lim maktablarida ota – onalar va psixologlar bilan rejali sifatli uchrashuvlar tashkil qilinishini va ushbu uchrashuvlarda muntazam dars qoldiruvchi, darslarni o'zlashtirishi past va tartibbuzar o'quvchilarni muhokama qilinishi hamda chora – tadbirlar belgilash;
- o'quvchilarning oyida kamida bitta badiiy kitob o'qishi, sinf rahbar va ota-onalar kuzatuvida madaniyat maskanlariga (tarixiy qadamjolar, muzey va istirohat bog'lariga) borishlarini yo'lga qo'yish;
- "Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” nomli xayriya marafoni tashkil etish orqali maktab kutubxonalari jamg'armasini aholi so'rovlariga mos badiiy adabiyotlar bilan boyitish;
- Ota-onalar o'rtasida o'quvchilarning yoshi va o'quv dasturlarini inobatga olgan holda har bir oilada oilaviy kutubxona bo'lishini ta'minlash maqsadida "Bir farzandga – uch kitob” aksiyasi tashkil etish;
- "Eng yaxshi kitobxon oila”, "Eng yaxshi kitobxon o'quvchi” kabi ko'rik-tanlovlarining maktab bosqichlarini o'tkazish;
-voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarlik va boshqa g'ayriijtimoiy hatti harakatlarning, "ommaviy madaniyat” salbiy ta'sirlarining oldini olish hamda bunga imkon tug'diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
-voyaga etmaganlar va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli targ'ibot ishlarini olib borish, ular o'rtasida profilaktika, sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilishiga ko'maklashish;
-ta'lim muassasalari va mahallalarda "Oila muqaddas tushuncha”, "Oilaviy an'analar”, "Mahalla va oila ma'naviyatining mustahkamligi”, "Ota va ona-oila tayanchi”, "Oilada sharqona sadoqat” mavzularida suhbatlar va savol-javob kechalarini tashkil etish;
- barcha ta'lim muassasalarida ichki tartib qoidalari hamda o'qituvchi va o'quvchi-talabalarining odob - axloq qoidalarini to'liq ijrosini ta'minlashda keng jamoatchilikning faolligini oshirish;
-ta'lim muassasalari negizida faoliyat yuritayotgan pedagogik, huquqiy, psixologik, ma'naviy va ma'rifiy bilimlar beruvchi "Ota-onalar universiteti” mashg'ulotlarini turli xil shakl va usulda tashkil etish;
-huquqiy tarbiyani o'quvchi yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirish;
-o'quvchi-yoshlarning ta'lim tarbiya olish jarayonida turli xil chalg'ituvchi vositalar (uyali aloqa vositalari, videotasmalar,internet tarmog'idagi ma'lumotlar, kompьyuterdagi o'yinlar)ning zarari va ularning oqibatlarini oldini olish bo'yicha keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
-o'quvchi yoshlar ongiga qayta ishlab chiqilgan, modernizasiya qilingan darslik va qo'llanmalar hamda badiiy adabiyotdagi g'oyalarni zamon talablari asosida singdirish;
-voyaga etmaganlar va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli targ'ibot ishlarini olib borish, ular o'rtasida profilaktika, sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilishiga ko'maklashish;
-ta'lim muassasalari va mahallalarda "Oila muqaddas tushuncha”, "Oilaviy an'analar”, "Mahalla va oila ma'naviyatining mustahkamligi”, "Ota va ona-oila tayanchi”, "Oilada sharqona sadoqat” mavzularida suhbatlar va savol-javob kechalarini tashkil etish;
- barcha ta'lim muassasalarida ichki tartib qoidalari hamda o'qituvchi va o'quvchi-talabalarining odob - axloq qoidalarini to'liq ijrosini ta'minlashda keng jamoatchilikning faolligini oshirish;
-ta'lim muassasalari negizida faoliyat yuritayotgan pedagogik, huquqiy, psixologik, ma'naviy va ma'rifiy bilimlar beruvchi "Ota-onalar universiteti” mashg'ulotlarini turli xil shakl va usulda tashkil etish kabi vazifalar belgilab olindi.

O'xshash yangiliklar