YANGI MAKTAB OCHILDI

YANGI MAKTAB OCHILDI

 
 Navoiyda matematika, fizika va ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab-internati tashkil etildi
 
Navoiy viloyati hokimining 2019-yil 28-oktyabrdagi Q-185-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy shahrida Buxoro viloyatining Xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan "Qorako'l maktabi” bilan hamkorlikda Navoiyda matematika, fizika va ingliz tiliga ixtisoslashgan maktabiga asos solindi. Maktabda matematika, fizika va ingliz tili darslari chuqurlashtirilgan holda o'tiladi. Ushbu ta'lim dargohining ochilish marosimi tantanalari o'tkazildi. Shu asosda Navoiyda matematika, fizika va ingliz tiliga ixtisoslashgan maktabining 7-10 sinflariga 240 nafar o'quvchi tanlab olindi. Internat 300 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, u Navoiy shahridagi sobiq Texnika kasb-hunar kolleji binosida o'z faoliyatini boshladi. Bino tubdan ta'mirlanib, eng zamonaviy o'quv va kompьyuter jihozlari bilan ta'minlandi.
Maktabning asosiy vazifalari quyidagilar:
-umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda matematika, fizika va ingliz tilini chuqur o'qitilishini tashkil etish;
-o'quvchilarning ijodiy faoliyatini namoyon qilish va faollashtirish;
-har bir o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqodchilik faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
-yuqori kasb mahoratiga ega bo'lgan umumta'lim fan o'qituvchilarini viloyatdagi umumta'lim maktablaridan va respublika hududidagi oliy ta'lim muassasalaridan hamda Buxoro viloyati, Qorako'l tumanidagi Xalqaro matematikaga ixtisoslashtirilgan maktabidan jalb qilish;
-iqtidorli va iste'dodini aniqlash hamda kamol toptirish bo'yicha o'quvchilarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishiga tayyorlashdan iborat

O'xshash yangiliklar