HOKIM VA YOSHLAR OCHIQ MULOQOTI

HOKIM VA YOSHLAR OCHIQ MULOQOTI

  "Yoshlar markazi”da "Kelajagimiz niyatimizga bog'liq” mavzusida viloyat rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Bo'lib o'tgan ochiq muloqotda viloyat hokimi K.Tursunov hamda sektor rahbarlari, viloyat tashkilot, korxona muassasalarining rahbarlari, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchi-yoshlari, faol yoshlar ishtirok etdi. Mazkur tadbir davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 dekabrdagi mamlakatimiz yoshlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda belgilab bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadini qamrab oldi. Dastlab, viloyat hokimi, sektor rahbarlari, viloyat tashkilot, korxona mutasaddi rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi o'tkazilib, bugungi kunda yoshlarni qiynab kelayotgan echim talab muammolari, takliflari o'rganilib, ularning echimlari bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Uchrashuvda o'tgan yil davomida respublika hamda xalqaro ko'rik-tanlovlarda faxrli o'rinlarni egallagan Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim muassasalarida ta'lim olib kelayotgan 20 nafar iqtidorli yoshlarga viloyat hokimi tomonidan viloyat hokimining tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg'alari topshirildi.

O'xshash yangiliklar