"KITOB-NAJOT, KITOB-XALOSKOR"

   Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Navoiy viloyati prokuraturasi va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamkorlikda voyaga etmaganlar va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha Navoiy shahar Mehribonlik uyida "Kitob — najot, kitob — xaloskor” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni tarbiyalashga aniq va maqsadli yondashuv, tizimli qat'iy munosabat barcha soha vakillari, shuningdek, keng aholi qatlamini, ayniqsa yoshlarni yanada sergaklantirib, daxldorlik hissi va mas'ulligini oshirayotganligi, oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o'zaro qo'llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga undab kelayotganligi haqida so'z bordi.
   Tadbir davomida 4-tashabbus, ya'ni aholi, ayniqsa yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'iboti bo'yicha amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar bo'yicha ma'lumotlar berildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari she'r, kuy-qo'shiq kuylab, mutolaa qilgan asarlaridan ibratli sahna ko'rinishlarini namoyish etdi.
   Shuningdek, tarbiyalanuvchilar yaratilgan shart-sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga hamda viloyatning mutasaddi tashkilotlari, xususan viloyat prokuraturasi va xalq ta'limi boshqarmasiga minnatdorchilik bildirdi.

O'xshash yangiliklar