XALQARO BAHOLASH DASTURLARIGA TAYYORGARLIK

XALQARO BAHOLASH DASTURLARIGA TAYYORGARLIK

Joriy yilning 10 may kuni Navoiy viloyati Karmana tumani hokimlik binosining majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi ishtirokida "Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish-ta'lim sifatini oshirishning eng muhim omili” mavzusida seminar o'tkazildi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'i U.Tashkenbaev, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshlig'i A.Radjiev, Ta'lim sifatini baxolash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori A.Ismailov, Milliy markaz bo'lim boshlig'i N. Karimov, Milliy markaz bosh mutaxassislari J.Narziev, X.Axmedov, Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Ulug'berdiev, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy bo'limi boshlig'i Sh.Norov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi vakillari, tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limi mudirlari, fan metodistlari, tayanch maktab direktorlari va tumanlar bo'yicha trenerlar ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilariga Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha xalk ta'limi tizimi xodimlarining vazifalari, PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, o'quvchilarning matematik savodxonligini, tabiiy savodxonligini, o'qish savodxonligini hamda ijodiy fikrlash savodxonligini baholash bo'yicha tavsiyalar berildi.

O'xshash yangiliklar