MENTAL ARIFMETIKA BO'YICHA CHEMPION

MENTAL ARIFMETIKA BO'YICHA CHEMPION

 
  Bugungi kunda barcha sohalar kabi ta'limga berilayotgan e'tibor juda katta. Ma'lumki, ta'limga e'tibor-kelajakka e'tibor hisoblanadi. O'zbekiston farzandlarining ma'naviyat va ma'rifatli bo'lishi avvalo, ilmga, ilm ahliga bo'lgan e'tibordan boshlanadi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning oqilona olib borayotgan siyosatlari va yoshlarga bo'lgan e'tiborlari tufayli iqtidorli, iste'dodli, izlanuvchan, noyob qobiliyatga ega bo'lgan o'quvchilarning safi kundan kunga oshib bormoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda bo'layotgan bunyodkorlik, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni ko'rib faxrlanasan kishi. Albatta, bularning barchasi-yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikning nishonasidir.
Inson dunyoga kelibdiki, orzu-umidlar og'ushida yashaydi. Ularga erishish uchun harakat qiladi, ter to'kib mehnat qiladi. Keksalarning "Umr-o'tkinchi” degan gaplarini eshitib, ular bu dunyodagi barcha narsa: bolalik ham, yoshlik ham, boylik ham, kambag'allik ham o'tkinchi ekanligini ta'kidlashadi. Hozirda Alloh tomonidan hadya etilgan bebaho boylik vaqtdan unumli foydalanayotgan yoshlar juda ko'plab topiladi. Ana shunday yoshlardan biri 5-umumuiy o'rta ta'lim maktabining 1-sinf, ya'ni 6 yoshli o'quvchisi Islomov Diyor Bahodir o'g'lidir.
Islomov Diyorbek "Intellekt” o'quv markazi Buxoro filialida 2018 yil noyabr oyidan buyon o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etib kelmoqda. Qisqa vaqt ichida Diyorbek katta yutuqlarni qo'lga kiritdi. Jumladan: 2019 yil 23-24 mart kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan xalqaro mental arifmetika musobaqasida ishtirok etib, 6 yoshlilar o'rtasida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib, kumush medal va sertifikat bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2019 yil 5 may kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Respublika Yoshlar Markazi tomonidan Buxoro shahrida o'tkazilgan mental arifmetika musobaqasining hududiy bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab oltin medal, 1-darajali diplom va kubokni qo'lga kiritdi. Yaqinda, ya'ni 2019 yilning 15-18 iyun kunlari Qirg'iziston respublikasining Bishkek shahrida o'tkazilgan xalqaro mental arifmetika musobaqasida faxrli 2-o'rinni egalladi hamda kumush medal, xalqaro sertifikat va velosiped bilan taqdirlandi. Bu yutuqlarni qo'lga kiritishida ustozlari Hamdamova Nozima va Jo'raev Husniddinlarning beqiyos xizmatlari bor.
Diyorbekning qisqa fursat ichida katta yutuqlarni egallashida ota-onasi, ya'ni Hasanov Bahodir Islomovich va Niyozova Xurshida G'ulomovnalarning ham xizmatlari benihoyadir. Ular farzandlarining qobiliyati va iqtidorini o'z vaqtida payqab, uning ilm olishiga barcha sharotlarni yaratib berdilar. Biz kelajakda Diyorbekni bundanda yuqori pog'onalarni qo'lga kiritishiga ishonamiz. Xamisha omad senga yor bo'lsin, Diyorbek.

O'xshash yangiliklar