TASHABBUS KARVONI

TASHABBUS KARVONI

  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini Qiziltepa tumanida amalga oshirish maqsadida viloyat xokimining "Tashabbus karvoni" tashrif buyurdi. Joriy yilning 18 iyunь kuni Qiziltepa tumanidagi 3-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida, Malikobod MFY, 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi, tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabida hamda "Nimkon" bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgoxida 5 ta tashabbusning barcha yo'nalishlari bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Dast avval Poytaxt mehmonlari va viloyat xokimligidan tashrif buyurgan mehmonlar bolajonlar tomonidan iliq kutib olindi. Birinchi navbatda 3-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi yosh iste'dodlari tomonidan tashrif buyurgan mexmonlargi yoshlar orkestri tomonidan konsert dasturi namoyish etilib o'z navbatida kuy qo'shiqlar bolalar ijodiyotidan sahna ko'rinishlari namoyishi ham bo'lib o'tdi. Shundan so'ng tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabida Poytaxtdan tashrif buyurgan sport ustalari, Jahon va O'zbekiston chempionlari hamda tuman yoshlari bilan birgalikda sport musobaqalari va davra suxbatlari tashkil etildi. Shuningdek, tumanimizda tashkil etilgan 5 ta tashabbus marshruti "Malikobod" Mahalla fuqarolar yig'ini va 15-umumiy o'rta ta'lim maktablari tomon yo'l oldi. Malikobod MFYda "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. Tadbir so'ngida g'olib va sovrindorlar aniqlanib, mutasaddilar tomonidan 15-umum ta'lim maktabiga va "Malikobod" mahallasi yoshlariga 1000 donadan kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi. Shundan so'ng "Tashabbus karvoni"ning navbatdagi marshruti "Nimkon" bolalar oromgohi tomon yo'l oldi va u erda tuman yoshlarning kompyuter savodxonliklari sinovdan o'tkazildi. Tumanimizda ko'tarinki ruh hush kayfiyat va jo'shqinlik ila o'tkazilgan 5 ta tashabbus doirasida tashrif buyurgan mehmonlarda va tuman yoshlarida juda ham katta ta'surot qoldirdi.

O'xshash yangiliklar