YOSH G'AZALXON SPARK  AVTOMASHINASI  BILAN TAQDIRLANDI

YOSH G'AZALXON SPARK AVTOMASHINASI BILAN TAQDIRLANDI

Navoiy viloyat hokimligi, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti va O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida "Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o'rni” mavzusidagi II an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Xalqaro anjumanda Turkiya, Rossiya, Eron, Avg'oniston, Tojikiston, Qozog'iston, Ozarbayjon va Mo'g'iliston davlatlarining olimlari hamda o'zbek akademiklari Baxtiyor Nazarov, To'ra Mirzayev, Naim Karimovlar hamda bir guruh adabiyotshunos olimlar qatnashdi.
Xalqaro anjuman doirasida g'azalxonlik tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tanlovda 100 dan ortiq viloyat yoshlari qatnashdi.
 Karmana tumanidagi 4-umumta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Sardorlar Kengashi sardori Ibrohim G'afforov 1-o'rinni ko'lga kiritib, Navoiy viloyat hokimi Kobul Tursunov tomonidan "Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

O'xshash yangiliklar