MAKTAB FORMASI 2024/2025-O'QUV YILIDAN JORIY ETILADI

MAKTAB FORMASI 2024/2025-O'QUV YILIDAN JORIY ETILADI

   Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining zamonaviy yagona maktab formasi 2024-2025 o'quv yilidan boshlab joriy etiladi.
2019-yilning 18-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-qaroriga o'zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildi.
Yangi qarorga ko'ra, yagona maktab formasi 2019/2020 o'quv yilidan emas, balki 2024/2025 o'quv yilidan boshlab joriy etiladi.
2024/2025 o'quv yiliga qadar o'quvchilar maktablarga yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriy bo'ladi.
Shu bilan birga, maktab direktorlari yagona maktab formasidan boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etilishi taqiqlanadi.
 
uzedu.uz

O'xshash yangiliklar