"MEN SEVGAN ADABIY QAHRAMON" TANLOVI G'OLIBLARI ANIQLANDI

   Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o'quvchilarga milliy va jahon adabiyotini tizimli targ'ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg'otish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida "Men sevgan adabiy qahramon” insholar tanlovi o'tkazildi.
Ko'rik-tanlovning maktab, tuman (shahar) va hududiy bosqichlari joriy yilning aprel-may oylarida o'tkazilib, unda umumiy o'rta ta'lim maktablarining 3,8 mingdan ortiq 8-10-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi. Hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli ishtirok etgan 42 nafar o'quvchilar respublika bosqichida ishtirok etishdi.
   Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 18-19-iyun kunlari Toshkent shahar, Olmazor tumani, 106-sonli maktab-internatida bo'lib o'tdi. Insholar tanlovida ishtirokchilar badiiy asardagi bosh qahramon obrazini qay darajada ochib berishi orqali saralandi. O'g'il-qizlar milliy hamda jahon adabiyoti durdona kitoblaridan o'quvchi uchun eng qiziq bo'lgan qahramon obraziga ta'rif berishdi. Tanlov so'ngida Hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan tanlovning respublika bosqichiga taqdim etilgan ijodiy ishlar yuqori saviyada tayyorlanganligi haqida fikr bildirildi hamda ularning xulosalariga ko'ra sinflar kesimida 1-, 2-, 3-o'rinlar va nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi
Tanlovning respublika bosqichi g'olib va sovrindorlari Xalq ta'limi vazirligining diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.
"Men sevgan adabiy qahramon” Respublika insholar ko'rik-tanlovi g'oliblari ro'yxati

8 sinf o'quvchilari o'rtasida g'oliblar:
1 o'rin: Quronboeva Dinora, Xorazm viloyati, Xonqa tumani, 49-maktab o'quvchisi.
2 o'rin: Komilova Shaxzoda, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 8-maktab o'quvchisi.
3 o'rin: Jumaqo'zieva Feruzaxon, Farg'ona viloyati, Bog'dod tumani, 1-IDUM o'quvchisi.

9 sinf o'quvchilari o'rtasida g'oliblar:
1 o'rin: Yusupova Farangiz,Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 1-sonli IDUM maktabi o'quvchisi.
2 o'rin: Abdurasalieva Ayzada, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, 28- maktab o'quvchisi.
3 o'rin: Xayrullaeva Gulnora, Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, 1 DIMI o'quvchisi.

10 sinf o'quvchilari o'rtasida g'oliblar:
1 o'rin: Shomatova Sevinch,Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumani, 89- maktabi o'quvchisi.
2 o'rin: Abduqodirova Nodira, Toshkent viloyati, Angren shahar DIMI o'quvchisi.
3 o'rin: Iskandarova Marjona, Surxondaryo viloyati, Muzrabod tumani, 2-maktab o'quvchisi.

O'xshash yangiliklar