BRAYL YOZUVIDA O'QUVCHI KITOBXON TANLOVI O'TKAZILDI

BRAYL YOZUVIDA O'QUVCHI KITOBXON TANLOVI O'TKAZILDI

Braylь yozuvida tez va ifodali o'quvchi kitobxon” ko'rik-tanlovi
2019 yilning 19 iyunь kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 sentyabrdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida” 739- son qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 9-bandiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan "Braylь yozuvida tez va ifodali o'quvchi kitobxon” ko'rik-tanlovining Viloyat bosqichi Navoiy Davlat Pedagogika insituti bilan hamkorlikda o'tkazildi. Tanlovda Viloyat hokimi o'rinbosari F.Soliev, Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i N.Niyazov, O'zb.XDP Yoshlar bilan ishlash sektori rahbari L.Azizov, Viloyat Xalq ta'limi ma'sul xodimi U. To'xtaev, Viloyat AKM direktori R.Rajabov, Viloyat ARM direktori o'rinbosari Sh.Boqieva, NDPI ARM rahbari H.Artiqovlar ishtirok etishdi.
Tadbir boshlanishida mustaqilligimizni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar yangrab barcha ishtirokchilarimizni qalbiga bayramona kayfiyat bag'ishladi hamda bayram tadbirimizga tashrif buyurgan mehmonlarni kungillarini hushnud etib bayramimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shdi.
Tadbirni Viloyat hokimi o'rinbosari F.Soliev davrani ochib berdi barcha ishtirokchilarga omadlar tilib g'oliblik shoxsupasini egallashlariga tilak bildirib o'tdi.
Ushbu tanlovga nogironligi bo'lgan kitobxonlardan Shodmonov Nurali, Yavqocheva Gulnora, Asatov Muhammad, Hikmatullaev Sherzod, Umirova Hilola, Ramazonova Aziza, Mirzaev Ilhom, Hamidov Sardor, Qurbonov Inomjon, Qo'ldoshev Sardor, Rayimov Dostonlar ishtirok etishdi. Ko'rik-tanlov ishtirokchilari 3ta shart bo'yicha bellashib Hakamlar hay'ati tomonidan baholanib borildi.
1-shart: Braylь shriftida sifatli yozish.( Diktant tarzida o'qib berilayotgan hajmi 100 so'zdan iborat bo'lgan matnni Braylь shriftida imlo xatolarsiz 15 daqiqa vaqt davomid yozish)
2-shart: Brayl shriftida matnni tez o'qish ( Braylь shriftidagi matnni bir daqiqa davomida tez o'qish qoidalariga rioya qilingan holda o'qib berish)
3-shart: Brayl shriftidagi matnni ifodali o'qish ( Braylь shriftidagi matnni bir daqiqa davomida ifodali nutq madaniyati qoidalariga rioya qilgan holda o'qib berish).
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholashga mas'ul bo'lgan xakamlar hay'ati belgilangan mezonlarga muvofiq har bir shartdan so'ng ishtirokchilarning chiqishlarini baholab erishilgan natijalarni umumlashtirib bordilar. Ko'rik-tanlov so'ngida 3 (uch) ta shart bo'yicha muvaffaqiyatli qatnashgan quyidagi ishtirokchilarni
1 - o'rin – Umirova Hilola ( Navbahor tumani)
2 - o'rin – Asatov Muhammad ( Navoiy shahar)
3 - o'rin – Ramazonova Aziza ( Qiziltepa tumani)
munosib ravishda ko'rik - tanlov g'oliblari deb topishdi.
Ushbu tadbirni o'tkazishdan maqsad va vazifamiz O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 739-son qaror ijrosini ta'minlash, L.Braylь yozuvidagi asarlarni targ'ib qilish, tez va ifodali o'qishlarni yaxshilash, Yoshlarimizni kutubxonamizga kengroq jalb etish, kitob o'qish ko'nikmalarini oshirish, kutubxona jamg'armasidagi L.Braylь yozuvidagi adabiyotlarni targ'ib qilish va ularning o'qish darajasini rag'batlantirish, imkoniyati cheklangan faol kitobxonlar ishtirokida Braylь yozuvidagi adabiyotlarni o'qish tezligi va sifatini oshirishdan iboratdir.
Tadbir so'ngida ko'rik-tanlov g'oliblari va ishtirokchilari viloyat hokimligi tomonidan diplom va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek 1-o'rinni egallagan Navbahor tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi nogironligi bo'lgan kitobxon Umirova Hilola "Braylь yozuvida tez va ifodali o'quvchi kitobxon” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etishga sazovor bo'ldi.

O'xshash yangiliklar